Toshkent shahriga kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi:

📌 joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi;

📌 xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha fuqarolari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarida koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi. Emlanish davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

📌 28 iyundan respublika bo‘ylab ko‘ngilochar ob’yektlar – restoran, tungi klub, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish ob’yektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;

📌 ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish ob’yektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sig‘imining 50 foizidan qat’iy oshirmagan holda xizmat ko‘rsatish belgilandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.