Toshkent xalqaro investitsiya forumining yakuni — 7,8 mlrd dollarlik shartnoma va bitimlar imzolandi
Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini yakunladi. Tadbir dunyoning 56 mamlakatidan 2 mingdan ortiq ishtirokchilarni birlashtirdi.
Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Ushbu Forum O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish uchun doimiy platformaga aylanishi kutilmoqda.