Toshkentda 5 oyda 896 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgan
Bu haqda joriy yilning 26 iyun kuni Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisida ma’lum qilindi.
Shuningdek poytaxtdagi 514 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 76 tasida yoki 14,8 foizida jinoyatlar sodir etilmagan va 369 tasida yoki 72,1 foiz kamayishiga erishilgan bo‘lib, 40 tasida oshgan. Qotillik va og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining deyarli yarmi yoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lib, respublikada eng yomon salbiy ko‘rsatkichni qayd etgan. Shuningdek, Toshkent shahrida jinoyat sodir etgan shaxslarning deyarli har uchinchisi yoshlar hamda har to‘rtinchisi ishsizlarni tashkil etadi.
Achinarlisi, jami 79 nafar voyaga yetmagan shaxs tomonidan 1 tadan qotillik, nomusga tegish, tovlamachilik, transport vositasini olib qochish va o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari, 5 tadan og‘ir tan jarohati yetkazish va bosqinchilik, 3 ta firibgarlik, 8 ta talonchilik, 36 ta o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilgan.
Poytaxtda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har o‘n birinchisini o‘g‘rilik, har beshinchisi esa firibgarlik kabi jinoyatlarni tashkil etgan.
Bundan tashqari, mahalla hududida 1 245 ta sodir etilgan jinoyatlarning jami jinoyatga nisbatan salmog‘i 43 foizni tashkil etgan.
Jami qotillik jinoyatlarining 9 tasi yoshlar, 4 tasi xotin-qizlar, 3 tasi ilgari sudlanganlar, 8 tasi mast holda hamda 14 tasi o‘tkir tig‘li jismdan foydalanib sodir etilgan.
Poytaxtda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har yettinchisi o‘g‘rilik, har beshinchisi firibgarlik kabi jinoyatlarni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
axborot xizmati.