Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 17 oktyabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

«Mercedes-Benz» rusumli avtomobil haydovchisi, 40 yoshli Baxtiyor A. svetoforning taqiqlovchi signaliga to‘xtagan. Masofa saqlanmaganligi tufayli quyidagi avtomobillar ishtirokida birin-ketin to‘qnashuvlar yuz bergan: «Neksiya» rusumli avtomobilda harakatlanib borgan 32 yoshli Zoir I., «Kobalt» rusumli avtomobilda 50 yoshli Saydulla Sh., «Kaptiva» rusumli avtomobilda 19 yoshli Jahongir A. va «Neksiya» rusumli avtomobilda 56 yoshli Mirahmad A.

Voqeada hech kim jabr ko‘rmagan.