Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo ko‘zi ojizlar uyushmasining navbatdagi assambleyasi yig‘ilishi ishtirokchilari Samarqandga keldi
Ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limi raisi Z.Oqbo‘tayev hamrohligida mehmonlar Samarqand bilan tanishuvni Hazrati Xizir yodgorlik majmuasida mamlakatimiz Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi.
Shundan so‘ng mehmonlar Xo‘ja Doniyor majmuasi bilan tanishdi.
- Samarqandni go‘zal shahar ekanligini ko‘p bor eshitganman, dedi Osiyo ko‘zi ojizlar uyushmasi rahbari Santosh Kumar Rungta. - Ayniqsa, tarixiy obidalarni tariflashga so‘z topa olmaysan. O‘zbekistonga kelganda albatta Samarqandga borishni niyat qilgandim. Va bugun kelib bunga guvoh bo‘lyapmiz.
Shuningdek, mehmonlar Samarqand shahridagi Shohi Zinda yodgorligi, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishi rejalashtirilgan.