Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, Chilonzor tumani, 6 mavzesida jami 400 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki  20 000 AQSh dollarini fuqaro K.N.ga 10 000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.