Toshkentda yonib ketgan yuk mashinasi bo‘yicha ma’lumot berildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 10 iyun kuni 17.05 da Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi 22 yoshli shaxs boshqaruvidagi “ZIL-131” yuk avtomashinasida yong‘in chiqqan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida yuk avtomashinasining kuzov osti qismi yonib zarar ko‘rgan va yuk avtomashinasi yo‘lovchisi 21 yoshli S.S. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

"Yong‘in kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda", - deyilgan IIV xabarida.