Toshkentdagi Belarus-O‘zbekiston agrar forumida SamVMI jamoasi ishtirok etmoqda

Bugun poytaxtimizda Belarus-O‘zbekiston agrar forumi ish boshladi. Forumda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar, chakana savdo, uskuna va texnologiyalarni yetkazib beruvchilar, investorlar, dizaynerlar, shuningdek, sanoatda ishtirok etuvchi oliy ta’lim muassasalari mutasaddi vakillari ishtirok etmoqda.

Qo‘shma forumga Belarus Respublikasidan 80 dan ortiq korxona va tashkilotlarning 150 nafarga yaqin vakillari tashrif buyurgan.

Tadbir doirasida Belarus va O‘zbekiston korxonalari o‘zlarining eksport imkoniyatlarini namoyish etadi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, chorvachilik va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni loyihalashtirish, energiya tejamkor resurslardan foydalanish, shuningdek, oliy ta’lim muassalarida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha tajribalar almashinadi.

Ikki kun davom etadigan forum ishida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshliq institut jamoasi, prorektor Asadulla Daminov, Baxtiyor Yahyoyev va Nuriddin Ro‘ziqulovlar ishtirok etmoqda.

SamVMI  axborot xizmati.