Toshkentdagi kanaldan xorazmlik yigitning jasadi topildi

Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ hududidan o‘tuvchi kanalga 39 yoshli erkak cho‘kib ketdi. Bu haqda IIBBning xabarida aytilmoqda.
Hodisa 7 iyul kuni soat 17:30 da Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan xorazmlik I.K. kanalda cho‘milmoqchi bo‘lib, cho‘kib ketgan.
Erkakning tanasini FVV xodimlari topishgan.