“Tottenxem” klubi rahbariyati Mourinoni murabbiylikdan bo‘shatdi
Joze Mourino “Tottenxem”ning Yevropa Superligasiga ko‘shilishi haqidagi xabarlardan so‘ng klub futbolchilariga mashg‘ulot o‘tishdan bosh tortgan, deya xabar berdi “The Athletic”. Shundan so‘ng, klub rahbariyati murabbiyni ishdan bo‘shatdi.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, klub Mourinoni muddatidan oldin vazifasidan ozod qilgani bois shartnomani buzgan hisoblanadi va murabbiyga 30 million funt-sterling miqdorida tovon to‘laydi. 58 yoshli murabbiyning shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsumda yakuniga yetishi kerak edi.
Ma’lumot o‘rnida: Yevropaning “TOP-15” futbol klubi yangi chempionat – Yevropa Superligasi tashkil etilganini e’lon qildi. Yangi chempionat turli bahs-mulohazalarga sabab bo‘lmoqda.
Ko‘plab nashrlarda aytilishicha, klublar Yevropa Superligasida ishtirok etishga rozi bo‘layotgani moliyaviy sababga borib taqaladi. Manbaga ko‘ra, shunchaki Superligaga qo‘shilishga rozi bo‘lgan jamoalarning har biri 425 million dollar oladi.
Superliga yiliga taxminan 4 milliard yevro foyda qilishi taxmin qilinyapti. Bu degani jamoalar musobaqadagi ishtirokidan kelib chiqqan holda o‘rtacha 264 million yevro ishlab olishi mumkin.