To‘ydagi “o‘q uzishlar” bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Internet tarmoqlarida to‘ydagi mehmonlardan biri osmonga qarata to‘pponchadan o‘q uzayotgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIB tomonidan mazkur video o‘rganildi. Videodagi odamlarning, xususan, o‘q uzgan kishining shaxsi aniqlandi. Bu shaxs Toshkent viloyatida yashovchi 25 yoshli Ulug‘bek Salixov bo‘lib, u qarindoshi bo‘lmish kuyovga to‘y kuni kuyov-jo‘ralik qilgan. 19 sentyabr kuni kuyov va uning do‘stlari Chilonzor tumaniga kelinning uyiga kelishganida Ulug‘bek keyinchalik “qiziqarli rolik” tayyorlash uchun bozordan sotib olgan o‘yinchoq plastmass to‘pponchani osmonga ko‘targan. Bu lahza videooperatorlar tomonidan tasvirga tushirilgan.
4 oktyabr kuni kechqurun Ulug‘bekning o‘zi videolavhani montaj qilib, o‘q uzish tovushlarini qo‘shgan va videoni instagramdagi sahifasiga joylagan. Keyinchalik mazkur videoni internetda tarqatgan.