Toyloqda deputatlar saylovchilar muammolarini tinglamoqda
Bugun viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari deputatlarining fuqarolar uchun sayyor qabullari bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Toyloq tumanida ayni damda Prezident Xalq qabulxonasi tuman bo‘limida Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi raisi Bahodir Bobonazarov hamda tuman Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglari bo‘yicha fuqarolarning muammolarini tinglab, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ijobiy yechim topish choralarini ko‘rishmoqda.
Viloyati hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur sayyor qabul deputatlarning xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tashda yanada faolligini oshirish, qolaversa, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini tinglab, ularga qonuniy yechim topishga xizmat qiladi.
Ayni vaqtda aholidan tushgan murojaatlar soni 40 ortdi, qabul jarayonlari davom etmoqda. Tuman hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, asosan uy-joy, moddiy va tibbiy yordam, tabiiy gaz, bandlik va yo‘l bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilmoqda.