Toyloqda giyohvand o‘simligini yetishtirayotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

19 iyun kuni Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Toyloq tuman IIB xodimlari hamkorligida profilaktik tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida tumanning "Jumabozor" mahallasida yashovchi fuqaro J.U. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 16 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini yashirin ravishda ekib, parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

Tadbir davomida ushbu “kannabis” giyohvandlik o‘simligi daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda, bu holat yuzasidan fuqaro J.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.