Toyloqda “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” ochildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi hamda Toyloq tumani hokimligi hamkorligida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” tashkil etildi.
Zarur texnologik vositalar bilan jihozlangan markazda yoshlarga axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish, axborot texnologiyalari sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy hamda samarali mexanizmlarini yaratish, kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini o‘rgatish uchun barcha sharoit yaratilgan.
– Bu yerda maktab o‘quvchilari hamda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun bepul o‘quv kurslari tashkil qilinadi, - deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev. – Markaz quvvatidan samarali foydalanish maqsadida yoshlardan tashqari davlat va xo‘jalik organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va aholi uchun axborot texnologiyalari yo‘nalishida kunduzgi va kechki o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha ham ish olib boryapmiz.
Toyloq tumani hokimligi axborot xizmati.