Toyloqlik o‘quvchi-qizlar eng orasta deb topildi

“Orasta qizlar — 2020” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Ko‘rik-tanlovda viloyatning har bir shahar va tumanlaridan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim maktabi o‘quvchi-qizlaridan iborat jamoalar 4 shart bo‘yicha bellashdi. Zukko va bilimdon, eng topqir va kitobxon, shu bilan birga, pazanda, sarishta bo‘lgan qizlar jamoasini hakamlar hay’ati azolari baholashdi.

Iste’dodi, iqtidori, bilimi va mahoratini namoyon etgan Toyloq tumanidagi 22-umumta’lim maktabining “Nafosat bilimdonlari” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Oqdaryo tumani va Samarqand shahri jamoalari ikkinchi, Kattaqo‘rg‘on shahri, Past Darg‘om hamda Samarqand tumanlari jamoalari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.