Tramp AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkinligini ma’lum qildi
AQSh Prezidenti Donald Tramp rasmiy Vashington Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatishi ehtimoli mavjud ekanligini ma’lum qildi.
“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AQShdan yirik miqdorda mablag‘ oldi. Biz a’zo sifatida yirik miqdorda pul ajratardik. Ular mening harakatlanishni cheklash qarorimni tanqid qilishdi. Bundan tashqari, ular ko‘p xatolarga yo‘q qo‘ydilar. Ular taqdim etgan ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, diqqatlarini Xitoyga qaratishganga o‘xshaydi... Shunday qilib, biz bularning barchasini yaxshilab o‘rganib chiqamiz. Biz JSSTga homiylik qilishni to‘xtatamiz. Keyin ko‘ramiz”, dedi Tramp seshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Biroq jurnalist tomonidan haqiqatdan ham u shunday qarorga kelganligi to‘g‘risida berilgan savolga Tramp mablag‘ o‘tkazilishini to‘xtatish “ehtimolini o‘rganib chiqishni” nazarda tutganini aytdi.
Oldinroq Tramp AQSh tomonidan moliyalashtiriladigan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti asosiy e’tiborini Xitoyga qaratayotganini tanqid qilgan edi. BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik Amerika Prezidenti so‘zlariga izoh berib, JSST koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda o‘lkan ishlarni amalga oshirganini ta’kidladi.