Tramp Kim Chen In bilan munosabatni tiklamoqda. HAMAS yangi taklifga rozi. Qozog‘iston qurolli kuchlarida kutilmagan tekshiruv. Mask Oq uyni tark etdi

🔹 AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyani “katta yadroviy davlat”, uning yetakchisi Kim Chen Inni esa “aqlli yigit” deb atadi. Tramp AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida “aloqa” mavjudligi va bu davlat bilan muzokaralarni qayta boshlash imkoniyatini istisno etmadi.
🔹 Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy BMT Xavfsizlik kengashiga maktub yo‘llab, unda AQSh va Isroilni Eronga qarshi har qanday harbiy harakatdan ogohlantirgan.
🔹 HAMAS Misr va Qatarning G‘azo sektorida sulh tuzish taklifiga rozi bo‘ldi. Taklif “beshta garovdagi isroillik va bir nechta falastinlik asirni ozod qilish evaziga taxminan 50 kunlik vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni, shuningdek, G‘azoga yetarlicha gumanitar yordam yetkazishni o‘z ichiga oladi.
🔹 Janubiy Koreya sudi bugun prezident Yun Sok Yolning impichmenti bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qiladi. Parlament 14 dekabr kuni harbiy holat voqealari tufayli prezidentga impichment e’lon qilgan edi.
🔹 Qozog‘iston qurolli kuchlarida qo‘shinlarni kutilmagan tekshiruvdan o‘tkazish boshlandi. Mintaqaviy qo‘mondonlik bo‘linmalari, havo-desant qo‘shinlari, dengiz va havo kuchlari jangovar tayyorgarligini tekshirish uchun shay holatga keltirildi. Muayyan miqdor fuqarolarga chaqiruv varaqalari berildi. Bu harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan zaxiralarni safarbar qilish qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi.
🔹 Bugun Xitoy Qurolli kuchlari Tayvan oroli yaqinida qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi. "Bu jiddiy ogohlantirish va Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchi separatistik kuchlar uchun kuchli to‘siq, shuningdek, Xitoy suvereniteti va milliy birligini himoya qilish uchun qonuniy va zaruriy choradir", deydi Xitoy rasmiysi.
🔹 Donald Tramp hukumat samaradorligi departamenti tez orada yopilishi va Tramp jamoasiga maxsus maslahatchi sifatida yordam bergan Ilon Mask o‘z kompaniyalari - SpaceX i Teslaga qaytayotganini tasdiqladi.
🔹 Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh tariflariga birgalikda javob berishga kelishib oldi. So‘nggi besh yil ichida birinchi bunday uchrashuv “mintaqaviy va global savdo”ni rivojlantirish maqsadida Xitoy-Yaponiya-Janubiy Koreya erkin savdo hududi to‘g‘risidagi kelishuv bo‘yicha munozarani tezlashtiradi.
🔹 Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 2700 dan oshdi.
🔹 Yaponiya hukumati yaqin yillarda mamlakatda 8-9 balli halokatli zilzila bo‘lishi ehtimoli 80 foizga teng, deya ogohlantirmoqda. Bu tarixdagi eng halokatli tabiiy ofatlardan biri bo‘ladi - deyarli butun janubiy qirg‘oq chizig‘i, jumladan, yirik shahar va metropoliya hududlari xavf ostida. Seysmologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 300 mingga yaqin odam halok bo‘lishi mumkin, 12 millionga yaqin aholi evakuatsiya qilinadi.
Gulnora Xoldorova tayyorladi.