Tramp shtatlar gubernatorlarini maktablarni qayta faollashtirishga chaqirdi
- 14.05.2020 18:55
- 142
- Xorij

AQSh Prezidenti Donald Tramp shtatlar gubernatorlarini maktablarni qayta faollashtirish ustida izlanishlar olib borishga chaqirdi.
“Fikrimcha, ular maktablarni ochishlari zarur. Yosh bolalarga kasallik yuqish ehtimoli kam”, dedi u Kolorado va Shimoliy Dakota gubernatorlari bilan bo‘lgan uchrashuvda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi qarorni shtat rahbarlari qabul qiladi. Biroq u maktablari ochilmagan shtatlarni tiklangan deb hisoblamaydi.
Shu bilan birga, u o‘z salomatligidan xavotir olishga yetarli asoslari bo‘lgan yoshi katta maktab xodimlari keyinroq ishga chiqishlari mumkinligini ta’kidladi.
Ayni vaqtda AQSh maktablari pandemiya tufayli yopilgan. Maktab o‘quvchilari masofadan ta’lim olish tizimiga o‘tkazilgan. Ko‘plab shtatlarda mazkur tizim o‘qish yilining oxirigacha uzaytirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo