Tramp tariflari ta’sirida Osiyo bozorlari "qulamoqda"

Dunyo bo‘ylab fond bozorlari Donald Tramp tomonidan kiritilgan import bojlari tufayli silkinishda davom etmoqda: Osiyo va Avstraliya fond bozorlari indekslari bugun, dushanba kuni ertalab ochilganidan keyin tushib ketdi.
Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi, xususan, avtomobil korporatsiyalari aksiyalari ham sezilarli pasaymoqda.
Honda aksiyalari ochilish kimoshdi savdosidan keyin deyarli 8 foizga, Nissan aksiyalari esa 10 foizga tushdi. Mitsubishi Motors aksiyalari ham taxminan 10 foiz qiymatini yo‘qotgan.
Ushbu ikkala korporatsiya uchun Shimoliy Amerika, AQSh, Kanada va Meksika eng katta bozor sanaladi.
Donald Tramp barcha xorijiy avtomobillarga 25 foizlik import bojini joriy qilgan.