Tramp uchun qasosmi? Qo‘shma Shtatlarda Baydenga impichment e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQShda respublikachilar 2022 yilgi oraliq saylovlarda Vakillar palatasida ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritgan taqdirda, prezident Jo Baydenga impichment e’lon qilish niyatida. Bu haqda Texas shtati senatori Ted Kruz ma’lum qildi, deb yozadi Fox News.

Senatorning so‘zlariga ko‘ra, respublikachilar AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi impichment jarayonini boshlashga uringani uchun demokratlardan shu tariqa o‘ch olmoqchi.

Senator respublikachilarning Vakillar palatasida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini 90 foiz deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Afg‘onistonni tark etganidan keyin AQSh Kongressi Jo Baydenga impichment e’lon qilishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.