Transformator o‘rnatib berish uchun qishloq aholisidan 1000 dollar talab qilgan elektr ta’minoti korxonasi mansabdorlari aniqlandi

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida Jomboy tumani elektr ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslari o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib kelayotganligi aniqlandi.

“2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori asosida joriy yil boshida tumanning G‘azira va Yuqori G‘azira qishloqlariga ikkita TP o‘rnatilishi lozim bo‘lgan.

Elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari qarorga zid ravishda, mazkur qishloqlarga o‘rnatilishi kerak bo‘lgan TPni boshqa, Navro‘ztepa va Garovtepa qishloqlariga o‘rnatib berishgan va buning evaziga tashkilot mansabdorlari mazkur qishloqda yashovchi fuqarolardan 1000 AQSh dollari miqdorida pulni olib, o‘z moddiy manfaatlari yo‘lida sarflab kelgan.

Hozirda tuman elektr ta’minoti korxonasi sobiq direktori X.Sh. va korxonaning amaldagi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.