Tungi klublar, sauna va mehmonxonalarda tashkil etilgan reydlarda 258 nafar fohisha ushlandi

26-30 mart kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari hududida ushbu davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan xalqaro hamkorlik doirasida Stop-trafik tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazildi, deb yozmoqda Sangzor.uz.

IIV xabariga ko‘ra, tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilgan. Tungi klublar, sauna va mehmonxonalarda tashkil etilgan 2861 ta reydlar doirasida 258 nafar yengil tabiatli ayollar aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha 87 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, tadbirlar doirasida yurtimizda mehmon bo‘lgan qo‘shni davlat vakillari Toshkent, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida bo‘lib, amaliy tadbirlarda ishtirok etishgan. Tadbirlarning yakuniy natijalari  O‘zbekiston Respublikasi  Ichki ishlar vazirligida muhokama qilingan.

Ishtirokchilar yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashishda erishilgan natijalarni alohida e’tirof etishgan hamda kelgusida barcha hamdo‘stlik davlatlarida davom ettirilishiga kelishilgan.