Tuproq monitoringi o‘tkazilib, unumdor qatlami aniqlanadi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 yanvarda qabul qilgan “Tuproq monitoringini amalga oshirish hamda tuproqning unumdor qatlamini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jalik boshqarmasi tuman hokimliklari bilan birgalikda shaharsozlik faoliyati, geologik-qidiruv va foydali qazilmalarni qazib olish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida tuproqning sidirib olingan unumdor qatlamini ko‘chirish uchun unumdorligi past, tarkibida tosh va qum bo‘lgan hamda yangi o‘zlashtiriladigan qishloq xo‘jaligi maydonlari muntazam ravishda belgilab boriladi.
Yer fondi toifasidan qat’iy nazar, shaharsozlik faoliyati, geologik-qidiruv va foydali qazilmalar qazib olish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida tuproqning unumdor qatlamini aniqlash bo‘yicha qishloq xo‘jaligi vazirligining tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan xulosa olinishi lozim.