Turistik-ekskursiya xizmatlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilganmi?

Turistik-ekskursiya xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan. Xo‘sh, turistik-ekskursiya xizmatlari nimalardan iborat? Turistik-ekskursiya xizmatlari jumlasiga safar tarkibida nazarda tutilgan turistik xizmatlar ko‘rsatish uchun yo‘llanmaning (vaucherning) qiymatiga kiritilgan barcha turistik-ekskursiya xizmatlari kiradi. Barcha turistik-ekskursiya xizmatlari turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida belgilangan transportda xizmat ko‘rsatishdan, yashab turishga, ovqatlanishga doir xizmatlardan, ekskursiya xizmati, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish xizmatlari va boshqa xizmatlardan iborat bo‘ladi.