Turkiya Prezidenti Samarqandga tashrif buyurdi
- 15.09.2022 16:20
- 193
- Samarqand

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqasi Emine Erdog‘an bilan 15 sentyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Turkiya prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Samarqandda o‘tadigan navbatdagi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.
A.MUSAYeV,
O‘zA
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kredit olish oson, uni qaytarish esa...
- Kecha, 19:03
- Qishloq xo'jaligi
Yaponiyaning Nara shahri hokimi - Samarqandda
- Kecha, 17:50
- Samarqand