Turkmanistonda navbatdan tashqari Prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 12 mart kuni soat 7:00 dan Turkmanistonda Prezidentlik saylovi boshlandi.
Mamlakat saylov komissiyasi tomonidan 9 nafar nomzod ro‘yxatga olingan. Nomzodlarning 3 nafari partiyalar, 6 nafari fuqarolarning tashabbus guruhlari tomonidan ilgari surilgan.
Shu yilning 11 fevral kuni Gurbanguli Berdimuhamedov endilikda Xalq maslahati raisi sifatida siyosiy tajribasini mamlakat taraqqiyotiga sarflash, o‘z o‘rnini yosh kadrlarga topshirish niyatini ma’lum qilgandi.
Bugungi saylovda nomzodlar orasida Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li — Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov ham bor.
Saylov uchastkalari 19:00 gacha ishlashni davom ettiradi, shundan so‘ng ovozlarni sanash boshlanadi.