Tuz, shakar va hayvon yog‘lari iste’molini cheklash virusga qarshi kurashda muhim

Karantin qoidalarini yumshatilishi, bu karantin tugadi yoki cheklovlar bekor qilindi degani emas, bu tushunchani barchaga yetkazish choralarini ko‘rilmoqda. Ehtiyotkorlikni yanada kuchaytirib, zaxira imkoniyatlari kundan kunga oshirib borilyapti. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

To‘g‘ri ovqatlanish, kunlik ratsionda meva va sabzavotlarning yetarli bo‘lishiga e’tibor qaratilishi, tuz va shakarni cheklash, ovqat tayyorlashda hayvon yog‘laridan foydalanmaslik kabi tushuntirish ishlarini aholi orasida muntazam davom ettirish kerak.

Hozirgi kundagi tajribamizdan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, virus yuqtirib olgan bemorlar orasida sog‘lom turmush tarziga rioya qilgan bemorlarda kasallik belgilari kam bo‘lib, asosan yengil kechyapti. Korxona va tashkilotlarda, mahallalarda, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi ob’yektlarda, savdo do‘konlarida, umumiy ovqatlanish manzillarida karantin talablari doirasida faoliyatini tashkil qilishini o‘rganib borishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish lozim.

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi.