Uch yilda Samarqand lalmi yer maydonlarida 9,3 ming gektar tokzor barpo etildi

Uzumchilik qishloq xo‘jaligi tarmoqlari orasida eng serdaromad sohalardan hisoblanadi. Uzum hosilini qayta ishlab, mayiz yoki sharob holida eksportga chiqarish doimo xaridorgir mahsulotlar sirasiga kiradi.
Shu bois sohani rivojlantirish uchun o‘tgan uch yilda Samarqand viloyatida lalmi maydonlarning o‘zlashtirilishi natijasida 9,3 ming gektar tokzor tashkil etildi. Uzum hosildorligini oshirish uchun 2 ming gektardan ortiq maydonda shpaller o‘rnatilib, uzum yetishtirish ko‘rsatkichlari oshirildi.