Uch yoshli bola Qur’on suralarini yoddan aytib, hammani hayratga solmoqda
Ozarbayjonlik 3 yoshli Sobir Agaverdiyev Qur’on o‘qib, hammani hayratga solmoqda. U ikki yoshida Ozarbayjon alifbosini o‘rgangan.
"Bir yoshdan oshganda yotishdan oldin unga o‘qib bergan bolalar she’rlarini yoddan aytib berar edi. Men u bilan o‘qishni davom ettirdim va qiziqish uchun Qur’ondan bir parchani o‘qishga qaror qildim. Sobir uni yarim soatdan keyin yoddan qayta aytib berdi", - dedi Sobirning otasi Jobir Agaverdiyev.
Kichkina vunderkind Ozarbayjon shoirlari she’rlari, xorijiy so‘zlarni o‘rganadi va yuzgacha raqamlarni sanashni biladi.
Sobir geografiyani oson o‘rganadi va xaritalar bilan ishlaydi. Tezda daryolar, tog‘lar, temir yo‘llar va gidroelektrostansiyalarni topib beradi.
Ota-onalar bolaning har kuni yangi narsalarni o‘rganish istagi borligi uchun hamma narsani qilishga harakat qilishadi.