Uchuvchisiz uchish apparati “Yashil” yo‘lakdan uchib o‘tolmadi

“Jartepa” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro X.A. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida, uning qo‘l sumkasidan jismoniy shaxslar olib kirishi taqiqlangan “DJI mini 2” rusumli uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qonunchilikda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan.