Ukraina bilan bog‘liq voqealar qisqa satrlarda
Germaniyadagi Ramshteyn bazasida Ukraina ittifoqchilarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
***
Rossiya 20 dan ortiq nemis diplomati chiqarib yuborilganini e’lon qilib, bu qadamini “oyna aksi” deb atadi. Berlin parametrlarini ko‘rsatmasdan, diplomatlar «quvilishi» faktini bilvosita tasdiqladi.
***
Britaniya harbiy razvedkasi bu yil Rossiyada 9 mayda o‘tkaziladigan “O‘lmas polk” aksiyasi Ukrainadagi yo‘qotishlar haqida gapirishga asos bermaslik uchun bekor qilingan, deb hisoblaydi.
***
Yevropa Ittifoqi tomonidan tayyorlanayotgan 11-sanksiya paketi Rossiyaning mavjud sanksiyalarni chetlab o‘tishini qiyinlashtirishga qaratilgan.
***
Polsha, Germaniya va Ukraina Kiyevga yetkazilgan “Leopard” tanklarini ta’mirlash bo‘yicha shartnoma imzoladi.
***
Hindiston Rossiya qurollari uchun to‘lovning yangi usullarini qidirmoqda: Dehli dollarga sotib olishdan qo‘rqadi (AQSh sanksiyalari ehtimoli tufayli), Moskva esa rupiyga sotmoqchi emas.
***
Prezident Zelenskiy Ukraina fuqaroligi bo‘yicha yangi qonunni imzoladi. Nomzodlar endi imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi.