Ukraina qurolli kuchlari Rossiya hududiga chuqur kirib bordi. Donald Trampni sudga berishdi. Britaniyada falokat bo‘lishi bashorat qilindi. O‘ta yuqori hosil beruvchi gibrid guruch yaratildi
🔹 Yangi Suriya Turkiya himoyasida: Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mudofaa bo‘yicha mushtarak kelishuv muzokaralari olib bormoqda. Unda Suriyaning markaziy qismida turk harbiy-havo bazalarini joylashtirish va Suriyaning yangi armiyasini tayyorlash rejalari ham bor.
🔹 Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi mudofaani yorib o‘tib, Rossiya hududiga 5 kilometrgacha ilgariladi. Ukraina qo‘shinlari bir qator hujumlarni amalga oshirib, Sudjaning janubi-sharqiga qarab oldinga o‘tgan.
🔹 Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu urushni to‘xtatishga tayyorligini aytdi. Netanyahu Vashingtonga tashrifi chog‘ida G‘azodagi urushni tugatish rejasini taqdim etdi. Buning evaziga HAMAS hukumatdan voz kechishi va hududni tark etishi zarur. Ammo HAMAS yetakchilarining bunga rozi bo‘lish ehtimoli “juda past”.
🔹 Amerika kasaba uyushmalari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tugatilishi yuzasidan Tramp va ma’muriyati ustidan sudga da’vo arizasi berdi. Tramp prezidentligining birinchi kunidayoq USAIDning tashqi yordamini 90 kunga muzlatib qo‘ydi. Fevral boshida Tramp USAIDni dalilsiz “Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish va geroin ishlab chiqarishni” moliyalashda aybladi. Endi AQSh hukumati agentlikni Davlat departamenti bilan birlashtirmoqchi.
🔹 Boltiqbo‘yi davlatlari: Litva, Latviya va Estoniya 8 fevral kuni elektr tarmoqlarini Rossiya elektr tizimidan uzib, Yevropaga qo‘shiladi. Bu jarayon narxlarga ta’sir qilishi kutilmoqda.
🔹 Tehron Vashingtonning har qanday dushmanona harakatlariga xuddi shunday javob qaytaradi, dedi Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy. Xomanaiy, shuningdek, Eron AQSh bilan hech qanday muzokara olib bormasligini ta’kidladi. Chunki Vashington Tehronn yadroviy kelishuv shartlarini bajarmagan.
🔹 Kuba prezidenti falastinliklarning G‘azodan chiqarib yuborish bo‘yicha AQSh rejasini xalqaro hamjamiyatni haqorat qilish deb atadi.
🔹 Britaniyalik siyosatchi Devid Frost Buyuk Britaniya bankrotlik yoqasida ekanini aytdi. Frostning ta’kidlashicha, byudjetni to‘ldirishning barcha mumkin bo‘lgan usullari vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Yanvarda Buyuk Britaniyadagi shamol turbinalari elektr energiyasini ishlab chiqarishni deyarli to‘xtatdi. Natijada, Buyuk Britaniya qimmatroq gazga o‘tishga majbur bo‘ldi.
🔹 Xitoy va shved olimlari chiqindilarni kamaytirish uchun gibrid guruch yaratadilar. Hunan qishloq xo‘jaligi universiteti va Shvetsiya qishloq xo‘jaligi fanlari universiteti olimlari oddiy guruchga qaraganda 70 foizga kamroq metan chiqaradigan yuqori mahsuldor guruch navini yaratishdi. Gibrid guruchni yaratish uchun olimlar yuqori mahsuldor navni avval sinovdan o‘tgan past metanli nav bilan chatishtirishdi. Sinovdan o‘tkazilganda, gibrid gektariga o‘rtacha 8,13 tonna hosil ko‘rsatdi. Dunyo bo‘yicha o‘rtacha 4,27 tonna.