Samarqand shahrida noqonuniy “mayning ferma” tashkil etib, 794,5 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan Samarqand shahrida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda fuqaro S.N. shaharning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi manzilda joylashgan uyining yerto‘lasida yashirin ravishda 5 to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 794,5 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.