Past Darg‘omdagi noturar bino yerto‘lasida 25 ta mayning qurilma o‘rnatilgani aniqlandi

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, joriy yilning 12 dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1990 yilda tug‘ilgan X.A. Past Darg‘om tumani Kamolot mahallasida joylashgan noturar bino yerto‘lasida elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulangan holda 25 dona mayning uskunasini o‘rnatib, noqonuniy ravishda davlat va jamiyat manfaatiga 2 mlrd. 237 mln. so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Bu kabi noqonuniy faoliyatlarga chek qo‘yish borasidagi tadbirlar davom etmoqda.