Samarqand shahrida tizimga 9 mlrd. so‘mlik zarar keltirgan mayning fermasi aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari ishtirokida viloyatda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Samarqand shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “G.B.M.” MChJ (mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo u yerda yashirincha mayning faoliyati bilan shug‘ullangan) 47 dona mayning qurilmasiga ega mayning fermasi faoliyatini tashkil etganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu MChJ tomonidan davlat manfaatlariga 9 mlrd. 852 mln. so‘mlikdan ziyod qo‘shimcha zarar undirishga qaratildi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.