Ukrainada voqealar rivojining ikkita fojiali ssenariysi aytildi

Bosqichma-bosqich Ukrainaning izolyasiyaga moyil bo‘lgan avtoritar mamlakatga aylanishi fojiali oqibatlarga olib keladi. Bu haqda ukrainalik siyosatshunos Ruslan Bortnik «Nash» telekanali efirida ma’lum qildi.

"Avtoritarizmga moyillik katta biznes va mamlakat ichidagi muxolifat bilan to‘qnashuvga, izolyasiyaga moyillik esa chet ellik sheriklar orasidagi ziddiyatga olib keladi", deya tushuntirdi u.

Mutaxassisning ishontirishicha, bunday sharoitda Ukrainani faqat ikkita klassik yechim kutmoqda: keng ko‘lamli norozilik harakatlari yoki harbiy keskinlashuv.

Bortnikning ta’kidlashicha, hatto juda xohlasa ham Kiyev yaqin kelajakda yangi saylovlar, islohotlar o‘tkaza olmaydi va keng munozaraga erishmaydi.

Biroq asosiy xavf - sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noroziliklar sababi va vaqtini oldindan aytib bera olmaslikda.

Avvalroq, siyosatshunos, agar siyosiy inqiroz yuzaga kelsa, Ukraina hududini qo‘shni davlatlar bo‘lib olishi mumkinligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari «qo‘shni»lar "Yevropaning boshqacha siyosati" va AQShning ta’siri tufayli bunday qadamga jur’at eta olishmagan.