Umraga otlangan 74 yoshli ayol yo‘ldan qaytarildi
- 19.12.2019 16:05
- 742
- Jamiyat

Umra safariga Al-Quvayt shahri orqali yo‘l olgan o‘zbekistonlik ayol ortga qaytishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
74 yoshli fuqaro H.N. Jidda shahriga umrani ado etish uchun Al-Quvayt shahri orqali yo‘l olgan va yurak xuruji tufayli parvozdan qoldirilib, kasalxonaga yotqizilgan.
Davolanish muolajalaridan so‘ng ayol 15 dekabr kuni “Jazeera Airways” aviakompaniyasining reysi bilan O‘zbekistonga qaytarilgan.
Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan Quvaytda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining zarur hollarda Al-Quvayt shahridagi O‘zbekiston elchixonasining +965-2539-65-15 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatildi.
Teglar:
Umra ziyorati
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bryusseldan Samarqandgacha
- 2 soat avval
- Siyosat
Ogoh bo‘ling, suv tugab bormoqda!
- 05/04, 19:05
- Jamiyat
Kitobdan bezdirayotgan bozor adabiyoti
- 05/04, 15:37
- Mutolaa