Umumiy ovqatlanish binosini ijaraga bergan jismoniy shaxslar qanday soliq imtiyozlariga ega?
- 02.06.2020 11:02
- 60
- Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, jismoniy shaxslarga koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati to‘xtagan tadbirkorlik sub’yektlariga noturar joylarni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar bo‘yicha soliqni foizsiz kechiktirib to‘lash huquqi berildi.
Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash bo‘yicha berilgan kechiktirish summasi 2021 yil 1 aprelga qadar muddatgacha teng ulushlarda to‘lanishi lozim.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.
Teglar:
soliq imtiyozlari