“Unique Marketing group” sovrindorga yutuq berish majburiyatini bajargan

Joriy yilning 29 oktyabr kuni saytimizda “Samarqandda "Neksiya 3" yutib olgan fuqaro yutug‘ini bir amallab qo‘lga kiritdi” sarlavhasi bilan maqola e’lon qilingandi. Axborotda keltirilgan masala yuzasidan ushbu yutuqli o‘yin tashkilotchisi «Unique Marketing group» kompaniyasi tomonidan quyidagicha izoh bildirildi.

“2019 yil 31 avgustda yutuqli o‘yinning uchta g‘olibidan birinchisi aniqlandi hamda samarqandlik fuqaro Doniyor Zubaydov avtomobil sovrindoriga aylangani haqida xabardor qilingan. Shuningdek, unga tashkilotchi tomonidan avtomobil 2019 yilning 18 oktyabrida (90 kunda) yetkazib berilishi tushuntirilgan.

Bular “Unique Marketing group” kompaniyasi Doniyor Zubaydovning oldida o‘z majburiyatlarini bajarganligini ko‘rsatadi. Avtomobil yutug‘ini olish sanasi kechikkanligi g‘olibning quvonchini biroz susaytirgan bo‘lishi mumkin. Ammo hammasi yaxshilik bilan tugadi. Yangi “Nexia 3”ning kaliti qonuniy sohibiga topshirildi».