Urgut erkin iqtisodiy zonasi qariyb 100 gektar. Bu yerda nimalar ishlab chiqariladi?
Hudud tarkibi “Mergancha” (144 gektar), “Sariqtepa” (246 gektar), “Do‘stlik” (66 gektar), “Sazag‘on” (360 gektar) hamda “Xishrav-2” (102 gektar) massivlaridan iborat.
Bu yerda joriy yilning 1 yanvar holatiga 284,9 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 55 ta loyiha ishga tushirilgan. Loyihalar doirasida 3 ming 663 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Korxonalar tomonidan 1 165,6 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 28,6 million dollarlik eksport amalga oshirilgan.
Sohalar kesimida tahlil qilinganda quyidagilarni ko‘rish mumkin:
- farmatsevtika sanoatida 16,3 million dollarlik 1 ta loyiha;
- elektrotexnika sanoatida 20,83 million dollarlik 8 ta loyiha;
- charm-poyabzal sanoatida 17,61 million dollarlik 12 ta loyiha;
- oziq-ovqat sanoatida 7,3 million dollarlik 2 ta loyiha;
- yengil sanoatda 114 million dollarlik 26 ta loyiha;
- kimyo sanoatida 60,53 million dollarlik 15 ta loyiha;
- kurilish materiallari sanoatida 146,2 million dollarlik 12 ta loyiha;
- boshqa yo‘nalishlarda 19,9 million dollarlik 8 ta loyiha amalga oshirilgan.
Hududida qiymati 89,8 million dollarlik 29 ta loyiha bo‘yicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Bu orqali 2000 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, 77,1 million dollarlik 17 ta istiqbolli loyiha shakllantirilgan.fsm