Urgut tumani hokimi oilasi bilan tog‘li hududda yashayotgan aholining turmush tarzini o‘rganish uchun bir tun qishloqda qoldi
Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev o‘z oilasi bilan qish faslida tog‘li hududda yashayotgan aholining turmush tarzini o‘rganish, qish faslida qishloq ahli hayoti, oddiy kun kechinmalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, his etish uchun bir tun qishloqda mehmon bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.
Tuman hokimi ikki nafar farzandi va turmush o‘rtog‘i bilan tumanning eng chekka tog‘li qishlog‘i Soyg‘o‘sda qish fasli hayoti bilan yaqindan tanishdi.
Soyg‘o‘s mahallasi tumanning tog‘li hududidagi eng chekka qishlog‘i hisoblanadi. Bu yerda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.
“Qishloq ahli odamlariga ta’zim qilaman. Meni va oilamni samimiy, yurakdan qabul qilganlari uchun. Qishloqlarda muammolar ham yetarli, hokimlikning bu yerlarda amalga oshiradigan ishlari talaygina. Qishloq ahli bilan kengashib, o‘zim bajarishim kerak bo‘lgan ishlar chora-tadbirlarini belgilab oldim, rejalar tuzdim“, deydi Urgut tumani hokimi.