Urgut tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Azamat Abdurahmonovich Turonov Urgut tumani hokimining iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bungacha A.Turonov Samarqand viloyati hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimida ishlagan.

1995 yilda Turkiyaning Uludag‘ universitetini tamomlagan A.Turonov 2018-2019 yillarda Jomboy tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Urgut tumani hokimi Mamat Turdiyev ayni payt mehnat ta’tilida. Shu sababli A.Turonov vaqtincha hokim vazifasini ham bajaradi.