Urgut tumanida yerni kovlash oqibatida milliardlab zarar yetkazilgan
Prokuratura organlari tomonidan jinoiy ish ochilgani xabar qilinmoqda.
Unga ko‘ra, prokuratura organlari tomonidan tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinyapti.
Shunday tadbirlarning birida Urgut tumani Mingtepa mahallasida joylashgan “To‘lqirtepa-1” arxeologiya yodgorligining 163 m3 hajmdagi yer maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olinib, tarixiy ob’yektga 4 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
Shuningdek, ushbu tumanning Quyiqishloq mahallasida joylashgan o‘rta asrlarga oid “Teshiktepa”, “Dehqonobod” mahallasidagi “Qulqishloqtepa-2” va “Ogahiy” mahallasidagi “Mozortepa” arxeologiya ob’yektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan.
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nissbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.