Urgut tumanida tug‘ilishi rasmiylashtirilmagan 300 dan ortiq bolalar aniqlandi
Ayni vaqtda viloyatimizda 22 ta FHDYo bo‘limlari mavjud bo‘lib, 1 ta "Nikoh uyi" va 1 ta viloyat FHDYo arxivi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning 1 iyunidan boshlab tajriba tariqasida Past Darg‘om tuman 1 va 2-son FHDYo bo‘limi fuqarolik holati faktlarini rasmiylashtirish yuzasidan tuman davlat xizmatlari agentligida ish olib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning ortiqcha vaqt sarflashining oldini olmoqda.
Prezidentimizning 2018 yil 12 iyundagi "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida, shu jumladan, oilaviy ajrimlar, erta nikoh, ayollar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlarni ishlab chiqish yagona elektron FHDYo arxivini yaratish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 17 iyun holatiga ko‘ra, viloyat FHDYo bo‘limlari tomonidan "Yagona elektron FHDYo arxivi" axborot tizimi bilan integratsiya qilish uchun yagona elektron FHDYo arxiv fondi bo‘yicha 1 million 384 ming 719 fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari raqamli ko‘rinishga o‘tkazildi.
Xosiyat ABDURAHMONOVA,
yuridik fanlari
doktori.