Urgut tumanidagi “Ravotxo‘ja” suv to‘g‘onida og‘ir vaznli yuk mashinalari harakati taqiqlanadi

Samarqand viloyati hokimining qarori

Urgut tumanidagi “Ravotxo‘ja” suv to‘g‘onida og‘ir vaznli yuk mashinalari harakatini taqiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddalariga asosan qaror qilaman:

  1. “Zarafshon” magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi, viloyat IIB YXXB, viloyat Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi, Samarqand ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Urgut tumanida joylashgan “Ravotxo‘ja” suv to‘g‘onida og‘ir vaznli yuk mashinalari harakatini taqiqlash haqidagi takliflari ma’qullansin.
  2. Urgut tumanidagi “Ravotxo‘ja” suv to‘g‘oni ustidan og‘irligi 3 tonnadan yuqori bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlansin.
  3. Viloyat IIB YXXB (A.Nosirov)ga “Ravotxo‘ja” suv to‘g‘onining kirish va chiqish joylariga og‘ir vaznli yuk avtotransport vositalarini o‘tishini taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish hamda tizimli nazorat o‘rnatish topshirilsin.
  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov va viloyat IIB YXXB boshlig‘i A.Nosirovlar zimmasiga yuklatilsin.

Viloyat hokimi         E.Turdimov

2019 yil 23 mart, № 116-Q