Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut va Past Darg‘omda aholi xonadonida yong‘in yuz berdi

Bugun 30 noyabr kuni soat 00:50 da Urgut tumani So‘fiyon mahallasi, Chinor ko‘chasidagi xonadonlarning birida yong‘in yuzaga keldi. Natijada uyning 20 kv.m. tom qismi va 900 kilogramm somon yongan. Yong‘in kelib chiqqan joyga 01:08 da o‘t o‘chirish guruhi yetib borib, 02:23 olov o‘chirilgan va uyning 100 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong‘inga ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Past Darg‘om tumani Chimboyobod mahallasi, Yangiravot  qishlog‘ida ham bugun 00:50 larda yuzaga kelgan yong‘inda fuqaro og‘ilxonasining 60 kv.m. tom qismi va 1000 kilogramm xashak yongan. Voqea joyiga yetib borgan guruh soat 03:15da yong‘inni to‘liq bartaraf etgan. Yong‘in sababi o‘rganilmoqda.

29 noyabr kuni Samarqand shahri, Ishtixon, Narpay, Past Darg‘om tumanlarida yong‘in holatlari kelib chiqqan edi.

Samarqand viloyati FVB axborot xizmati.