Urgutda dorivor o‘simliklar klasteri tashkil etildi

Respublikamizda dorivor va ziravor o‘simliklarni yetishtirishni ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida Urgut tumanidagi “Quyoshli uzumzori” fermer xo‘jaligida 50 gektar yer maydoni ajratilib, dorivor va ziravor o‘simliklar klasteriga aylantirildi.

Bu avvalo, yurtimiz farmatsevtika sanoati uchun xomashyo tayyorlash va dorivor o‘simliklarni xorijga eksport qilishga qaratilgan. Hozirda ushbu klasterda dorivor o‘simliklardan Gavzabon, Sassiq kovrak va Qizilmiya (shirinmiya) dorivor o‘simliklari ko‘paytirilmoqda.

Ajratilgan maydondan joriy yilning dekabr oyida 2 ming tonna dorivor o‘simlik olinib, 100 ming dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan.

A.BERDIQULOV,

viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.