Urgutda ekofestival o‘tkazildi

"Urgut" erkin iqtisodiy zonasida 5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida  ekofestival bo‘lib o‘tdi.

Festivalda hududning 300 nafardan ortiq tabiatsevarlar va yoshlar qatnashdi.

Tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida  "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi hududidagi korxonalarga media-tur uyushtirildi.

- "Urgut" EIZda umumiy qiymati 623,4 million AQSh dollari miqdorida 107 ta loyihani amalga oshirish ustida ish olib borilyapti, - deydi "Urgut" erkin iqtisodiy direksiyasi direktori o‘rinbosari

Abdug‘affor Madarov. -  1 may xolatiga ko‘ra, umumiy qiymati 307,2 million AQSh dollari bo‘lgan 63 ta loyiha ishga tushirilib, 4 024 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yil yakuniga qadar qiymati 53,4 million dollarlik 19 ta loyiha ishga tushiriladi va 1600 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Festival bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bilan davom etdi. Unda 26 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 2 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

Ekofestivalda atrof-muhit muhofazasi uchun munosib xizmat qilib kelayotgan faol xodimlar viloyat va tuman  hokimligining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Fazliddin Ro‘ziboyev.