Urgutda kecha kechki paytdan beri qariyb yarim million aholi chiroqsiz qolmoqda

Muxbirlarimizning bizga xabar qilishlaricha, kecha, 23 aprel kuni kechki soat 21:00-22:00 larda bo‘lib o‘tgan kuchli shamol va yomg‘ir Urgut tumanidagi qariyb yarim million aholini hozirgacha elektr energiyasiz qoldirayapti.

Bu haqda bugun ertalab Urgut tuman ETK bosh injeneri bilan bog‘langanimizda u kecha kechki payt bo‘lgan kuchli shamol va yomg‘ir aksariyat podstansiyalarga, ayrim joylarda elektr uzatuv simlariga, simyog‘ochlarga zarar yetkazganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoni bartaraf etish uchun muammo yuz bergan joylarga elektr tarmoqlari korxonasi  xodimlari jalb qilingan. Ammo, ertalabdan yog‘ib turgan yomg‘ir ularning ishini biroz qiyinlashtirayapti. Shunday bo‘lsa ham tuman ETK muammolarni tezda bartaraf etib aholiga elektr energiyasi uzatishni davom ettiradi, deb umid qilamiz.