Urgutda yosh bola ayanchli kaltaklanganligi holati o‘rganilmoqda
Ijtimoiy tarmoqda kichik yoshdagi bolaning bog‘chaga yuzi va ko‘zlari jarohatlangan holda kelganligi hamda uni otasi kaltaklaganligini aytib berishi tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Murg‘ak bolaga nisbatan bunday shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, mazkur zo‘ravonlik fakti Urgut tumanida yuz bergan bo‘lib, hozirda tuman IIB tomonidan ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Bolaga nisbatan bunday harakatga yo‘l qo‘ygan shaxslar, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, qonunan javob berishi ta’minlanadi. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.